

Uchrashuvning 29-daqiqasida mehmonlar vakili Riyad Maxrez hisobni 0:2ga aylantirdi. Shunday qilib, Maxrez Yevropa chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvida gol urishga erishdi.
Yarim himoyachi musobaqaning ilk o'yinida gol urgan uchinchi jazoirlik futbolchiga aylandi. Bunga qadar 2009 yilda "Reynjers" vakili Majid Bugerra, 2014 yil "Portu" a'zosi Yasin Braimi shunday natijaga erishishgandi.



