Saudiya klubi Riyad Maxrez bilan kelishishga urinmoqda

Aziz Tukhtamuradov
8 iyun 2023
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi Riyad Maxrezni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, "Al Ahli" prezidenti Volid Muaat futbolchi bilan kelishib olish uchun Londonga borgan. 

"Al Ahli" o'tgan mavsumni 2-divizionda o'tkazib, g'oliblikni qo'lga kiritdi. Endi jamoa yangi mavsumda yuqori divizionda ishtirok etadi. 

"Manchester Siti" futbolchisi Riyad Maxrez ushbu mavsumda APLning 30 ta o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: CBS Sports