Maurisio Pochettino: Manchester Sitini yutdik deb havolanib ketish kerak emas

Narzulla Saydullayev
27 sen 2015, 11:00
Tottenxem ustozi Maurisio Pochettino Manchester Siti ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Biz yosh jamoamiz, Sitidan yoshmiz, bizda katta potencial bor. Ammo eyforiyaga berilmaslik kerak. Bunday g'alabadan so'ng o'zimizga kelib olishimiz kerak.

Birinchi bo'limda qiynaldik, ammo tanaffusda kichik o'zgarishlar kiritdik. Balki bu bizning eng yaxshi o'yinimiz bo'lgandir. Asosiysi – biz oxirigacha kurashdik.

Keyn gol urgani o'zi va butun jamoa uchun muhim. Endi har matbuot anjumanida bu haqda so'rayverishmaydi, – deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru