

"Bu haqiqatdan ham biz uchun muhim o'yin. Klub hech qachon qo'lga kiritmagan sovrinni yutib olishimiz mumkin. Chempionlar ligasida o'ynash uchun imkoniyat bo'ladi. Shu sababli hammasini jiddiy qabul qilib, g'alaba qozonishimiz shart. Joriy mavsum ko'p o'yin o'tkazdik, ammo finalgacha yetib borsang, ruhiy kuch jismoniydan kuchliroq bo'ladi. Uchrashuvda bor kuchimizni berishga tayyormiz. "Manchester Yunayted"ga o'tishda maqsadlarimdan biri sovrin yutish bo'lgan. "Ayaks" bilan bahsda buni bajara olamiz degan umiddaman. Agar sen "Manchester Yunayted" bo'lsang va Yevropa ligasida o'ynasang, favorit hisoblanasan. Ammo bunday turnirda g'olib bo'lish doimo oson bo'lmaydi" - deydi Mata.



