​Massimiliano Allegri: "Manjukich biz uchun muhim futbolchi"

23 dek 2018, 14:00
"Yuventus" bosh murabbiyi Allegri "Roma" ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) so'ng, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mario biz uchun muhim, u ajoyib futbolchi. Sababi, Manjukichning jismoniy holati va texnikasi o'zaro mos keladi. Bugungi o'yinda Krishtianu Ronalduda bir nechta imkoniyatlar bo'ldi. Lekin, raqib darvozaboning say-harakatlari shogirdimga gol urish imkoniyatini bermadi. Ronaldu katta ehtimol bilan keyingi uchrashuvlarda dam oladi", - deya Allegrining so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia