Mashhurlar Astori haqida nima deyishdi?

5 mar 2018, 17:09
Kecha Italiyaning "Fiorentina" jamoasi sardori Davide Astori Udine mehmonxonasida vafot etdi.

Italiyalik futbolchining bevaqt o'limi munosabati bilan, u bilan birga bir jamoada faoliyat olib borgan va Astoriga qarshi bahslarda ishtirok etgan mashhur futbolchilar, marhum haqida o'zlarining shaxsiy tvitteridagi sahifasida izoh qoldirdi. 


Janluiji Buffon:  "Alvido, qadrdonim Asto"



Serxio Ramos: "Davide Astorining o'limi haqidagi qayg'uli xabarni eshitib hayratga tushdim. Marhumning oila a'zolariga va "Fiorentina" jamoasiga sabr tilayman. Boqiy xayotda tinch orom oling CAPITANO"



Franchesko Totti: "Ushbu fojeadan karaxt holatdaman, bir so'z aytishga ojizman. Men Davide Astorining oila a'zolari bilan va do'stlari bilan iliq munosabatdaman. 



Andrea Pirlo: "Tarifga til ojiz. Oxirida ular eng yaxshi bo'ladilar. Oq yo'l do'stim"



Ronaldinyo: "Bunday noxush voqea munosabati bilan Davide Astorining oila a'zolariga og'ir kunda sabr tilayman"



Paulo Dibala: "Tarifga til ojiz. Davide Astori tinch orom olgin"



Sami Xedira: "Qanday noxush xabar. Tinch orom olgin Davide Astori. Oila a'zolariga taziya bildiraman"



Rikardo Montolivo: "Men sizni mana shunday kulib turishingiz bilan doim eslab turaman. Siz ajoyib inson edingiz. U yerdan oilangizni kuzatib turing. Tinch orom oling AMICO MIO"



Fabio Kannavaro: "Tinch orom oling Davide Astori"



Iker Kasilyas: "Sardor tinch orom oling. Sizning oila a'zolaringizga, do'stlaringiz va Italiya futboliga taziya bildiraman"

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia