Marseloning o'rniga Braziliya termasiga chaqiriladigan futbolchi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
4 okt 2018, 22:57
Ushbu oyda Braziliya termasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

"Pentakampeonlar" 12 oktyabrda Saudiya Arabistoni termasiga qarshi bahs olib borsa, oradan 4 kun o'tib, Jiddada Argentina termasi bilan kuch sinashadi.

Ushbu o'yinlarda braziliyaliklar safida Marselo maydonga tushmaydi. Uning to'pig'ida jarohati bor. Shu boisdan u Primero doirasida "Atletiko"ga qarshi bahsda qatnashmagandi.

Globo Esporte xabariga ko'ra, uning o'rniga "Atletiko" himoyachisi Felipe Luis termaga chaqiriladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo Esporte