Marchello Lippi: "Kelajakda klubda ishlamayman"

29 okt 2018, 22:39
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchelo Lippi Konteni "Real"ga kelishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Hozirda Xitoy terma jamoasi bilan yanvar oyigacha birga bo'laman. Osiyo Kubogidan so'ng, Hitoy Futbol Federatsiya rahbarlari bilan yig'ilish bo'lib o'tadi. O'sha yerda hammasini muhokama qilamiz. Kelajakda boshqa terma jamoani boshqarishim mumkin, lekin klubni emas".

"Antonio Konteni "Real"ga o'tishi haqida qisqacha gapiradigan bo'lsam, u mehnatkash va har doim ishlashga tayyor. Konte dunyodagi istalgan jamoani boshqara oladi. Lekin, uning rejalari qanday ekanligini bilmayman", - deya 70 yoshli mutahassis so'zlarini keltirdi Football Italia nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net