Manuel Noyer: "Akinfeev JCH-2014da omadsiz o'ynadi, lekin u yaxshi darvozabon bo'lib qolaveradi"

Aslanov Jasurbek
29 sen 2014, 15:16
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer SSKA golkiperi Igor Akinfeev o'yini haqida fikr bildirdi.

"Sizning o'yin uslubingiz juda o'zgacha - ko'p darvozani tashlab chiqasiz. Bir kun kelib orqaga qaytishga kech qolib, gol o'tkazib yuborishdan qo'rqmaysizmi?

-Albatta, darvozani tark etish bu katta tavakkal. Ammo maqsadim - raqib hujumini buzish va iloji boricha tezroq orgaga qaytish.

-O'z hamkasbingiz Igor Akinfeev haqida nima deya olasiz?

-Akinfeev - anchadan beri Rossiya terma jamoasi darvozasini qo'riqlayotgan mashhur, tajribali va ishonchli darvozabon. To'g'ri, u jahon chempionatida omadsiz ishtirok etdi. Lekin bu hech narsani anglatmaydi.

Biz sobiq jamoadoshim Anatoliy Timoshuk bilan Akinfeev to'g'risida so'hbatlashdik va Igor yaxshi darvozabon bo'lib qolishda davom etadi degan xulosaga keldik" - deydi Noyer.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru