

"Manchester Yunayted" hozirda 28 yoshli francuz futbolchisining transferi borasida biron bir klub bilan muzokara olib bormayapti. Pogbaning transfer qiymati 50 million evroga baholangan. Manchester klubi esa Pogbani bunday narxda sotmoqchi emas. Avvalroq futbolchiga bir nechta grand jamoalar qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingandi. Eslatib o'tamiz, futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi.



