

Angliya klubi futbolchi uchun 30 million evro to'lashga tayyor.
Mankunianliklarning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag Niderlandiya chempionatida birga ishlagan 26 yoshli himoyachining o'yinini yuqori baholaydi.
Dyumfris o'tgan mavsumda 45 o'yin o'tkazib, 5 gol urdi va 7 golli uzatmani amalga oshirdi. Niderlandiyalik futbolchining “Inter” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Oldinroq futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi ham da'vogar ekani xabar qilingandi.



