"Manchester Siti" "Vest Xem" futbolchisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
11 avg 2023, 20:13
"Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketa "Manchester Siti" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi.

Ma'lumotlarga qaraganda, yarim himoyachi "shaharliklar" bilan 6 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning o'zi futbolchi bilan jiddiy suhbat olib borgan.

"Man Siti" oldinroq London klubi tomon 85+10 mln funtlik taklif bergani borasida ma'lumotlar berilgandi. Biroq londonliklar futbolchisining transferidan 110 mln funt ishlab olmoqchi.

Paketa 2022 yil avgustida 60 mln evro evaziga "Lion"dan "Vest Xem"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u APLning 28 o'yinida qatnashib, 4 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal