Har ikki jamoa ham UEFA maxsus taftish guruhi tomonidan obdon tekshirildi va qoidani buzganligi uchun jiddiy jazoga tortiladi.
Aniq qanday jazo qo'llanishi hali oshkor qilinmayapti. Katta ehtimol bilan “Manchester Siti” va “PSJ” uchun transferlarni amalga oshirishga taqiq qo'yiladi yoki katta miqdordagi jarimaga tortiladi.
Bu boradagi qaror bugun yoki ertaga UEFAning Mustaqil moliyaviy nazorat organi (CFCB) tomonidan qabul qilinadi. Aynan shu yig'ilishda moliyaviy feyr-pleyga amal qilmagan boshqa bir nechta klublar masalasi ham atroflicha ko'rib chiqiladi.
The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, ikkala jamoa ham aniq Chempionlar ligasidan chetlatilmaydi. “Manchester Siti” ham, “PSJ” ham hozircha bu xabarlarga izoh bergani yo'q. Avvalroq, UEFA tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilmagan 20 ta jamoaning tekshirilayotani ma'lum qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar bilan shartnoma imzolashda meyoriy qoidalarga amal qilmagani uchun “Barselona” klubiga transferlarni amalga oshirish taqiqlab qo'yilgandi.