

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "ko'klar" futbolchilariga finalga chiqish uchun 5,75 mln evro pul ajratilgandi. Rahbariyat final uchun ham shuncha pul tikkan.
"Shaharliklar" esa YCHL bosh sovrini uchun 17 mln evro ishlatadi. Shuncha mablag' futbolchilarga teng taqsimlab beriladi.
"Chelsi" va "Siti" ishtirokidagi final 29 may kuni Istanbulda bo'lib o'tadi.



