Man Siti safida umuman o'ynamagan 21 yoshli posbon Angliya terma jamoasiga chaqirildi
Narzulla Saydullayev
11 noya 2017, 20:50
Manchester Sitiga tegishli Norvich safida ijarada o'ynayotgan Angus Gann Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi.
Inglizlar 14 noyabr kuni Braziliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. 21 yoshli posbon qo'lini jarohatlab olgan Jek Batlendning o'rniga terma jamoaga chaqirildi.
Gann Manchester Siti safida bironta ham rasmiy o'yinda ishtirok etmagan.