Mahliyo Sarikova “Sevinch”ni tark etdi

“Sevinch” jamoasining hujumchisi Mahliyo Sarikova yaqinda BAAning “Al-Vahda” ayollar jamoasida ko'rikda bo'lib qaytdi.


Ammo oyog'idagi jarohati  bezovta qilgach ortga qaytishga majbur bo'ldi.Mahliyo Sarikova kecha “Sevinch” PFK bazasiga kelib, barcha bilan xayrlashdi va Toshkentga,  o'z uyiga jo'nab ketdi. Biz Sarikova bilan keyingi rejalari haqida qiziqdik:

- Menimcha endi futbolchilik faoliyatimni tugatsam kerak, balki murabbiylikda o'zimni sinab ko'rarman. Yangi mavsumgacha o'ylab ko'rishga vaqtim bor, keyinroq bir qarorga kelarman. Shunisi aniqki, “Sevinch” jamoasidagi faoliyatim nihoyasiga etdi. Bu jamoada hayotimning eng yorqin damlari o'tdi. Ko'plab yutuqlarga erishdim, klub rahbariyati va murabbiylardan juda minnatdorman, – deydi Mahliyo Sarikova.

Biz ham o'z o'rnida Mahliyo Sarikovaga jamoamiz yutuqlariga qo'shgan ulkan hissalari uchun kattadan-katta tashakkurlar bildiramiz va unga  sihat-salomatlik tilagan holda keyingi hayoti va faoliyatida zafarlar tilab qolamiz.


Manba: pfcsevinch.uz