Luis Suares Braziliyadan bo'lgan taklifni rad etdi

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2022, 21:20
Hujumchi Luis Suares "Gremio"dan bo'lgan taklifni rad etdi.

"Luis Suares "Gremio" taklifiga ijobiy javob bermadi. Unda boshqa klublardan takliflar bor. Chunki uning "Nasonal" bilan shartnomasi yakunlanmoqda", - deb yozadi Fabricio Romano.

"Nasonal" tarkibida Suares 16 o'yinda qatnashib, 8 gol va 3 assist qayd etdi. Bunga qadar u "Groningen", "Ayaks", "Liverpul", "Barselona" va "Atletiko" kabi jamoalar tarkibida o'ynagan.

Ayni damda u Urugvay termasi bilan mundialga tayyorgarlik ko'rmoqda. Urugvay termasi JCH guruh bosqichida Portugaliya, Gana va Janubiy Koreya termalari bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN