"Liverpul" Braziliyaning yosh iqtidorlaridan birini nishonga oldi

Alisher Ostonov
19 dek 2025
“Gremio” vingeri Gabriel Mek Tumanli Albionga ko'chib o'tishi mumkin.

17 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

"Liverpul"da Mekning salohiyatiga yuqori baho berishmoqda. Braziliyada Gabriel bugungi kunda asosiy yosh istedodlardan biri hisoblanadi. O'yin uslubiga ko'ra, uni Vinisius Junior bilan taqqoslashadi.

Avvalroq OAV Mekni "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ga bog'lagan edi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira