Luis Enrike: "Albatta, Mbappedek futbolchining PSJdan ketishi alamli"

Omonjon To`xtamirzayev
24 sen 2024, 13:35
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike eng yaxshi to'purari Kilian Mbappeni yo'qotishni istamaganini tan oldi.

Eslatib o'tamiz, fransiyalik hujumchi yozda Madridning "Real" klubiga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi. 

"Kilian – ajoyib futbolchi va fantastik shahs. U kabi o'zgacha yigitni topish mushkul. Takrorlayman, Mbappe fantastik darajada. Kilian "Real"ga o'tib ketayotganini ko'rish va uni jamoada saqlab qola olmaslik, achinarli albatta", – dedi Enrike matbuot anjumanida. 

Mbappe Ispaniya chempionati joriy mavsumida 6 o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatma etkazib berishga ulgurdi. Dekabr oyida Mbappe 26 yoshni qarshi oladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca