"Lokomotiv" futbolchisi havoning sovuqligidan nolidi

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2017, 11:16
"Lokomotiv" (Moskva) yarim himoyachisi Jefferson Farfan Rossiyaga qoyil qoldi, lekin ob-havo u uchun yoqimsiz syurpriz bo'ldi.

Farfan "Lokomotiv"ga o'tgan mavsumning yarmida kelgan edi. Arining jarohatidan keyin katta ehtimol bilan u hujumchi rolida o'ynashi mumkin.

"Bu chiroyli va zamonaviy shahar, qanday qilib bu yerda zerikish mumkin? Bundan tashqari, Rossiyadagidek do'stona odamlarni kam uchratganman. Faqat bir narsa meni ajablantirdi. Meni Rossiyada qish juda sovuq bo'lishi haqida ogohlantirishgan edi, lekin jin ursin nima uchun bu yerda yozda ham bunchalik sovuq", - deya Farfanning so'zlarini keltirdi "Sport-ekspress".


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Спорт-экспресс