"Lokomotiv" bosh murabbiyi faoliyatini "Speciya"da davom ettirishi mumkin

Alisher
4 okt 2021, 16:53
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Marko Nikolich faoliyatini Italiyaning "Speciya" jamoasida davom ettirishi mumkin.

Speciya klubi rahbariyati Tyagu Mottaning ishidan norozi va uning iste'fosi variantini ko'rib chiqmoqda.

"Speciya" ayni damda etti o'yinda 4 ochko jamg'argan holda 19-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq jurnalist Nobel Arustamyan serbiyalik mutaxassis tez orada "Loko"dan ketishini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Матч ТВ