

Urugvaylik hujumchi klub muxlislari tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada Stefan Baychetich hamda Muhammad Salohni ortda qoldirdi. O'tgan oyda Nunes "Liverpul" tarkibida barcha turnirlarda 4 o'yin o'tkazib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.
23 yoshli futbolchi uchun bu sovrin birinchisi emas. U noyabr oyida ham jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi.



