"Liverpul" xo'jayinlari Kloppga ishonmoqda

Alisher
9 mar 2021
"Liverpul"ga egalik qiladigan Fenway Sports Group kompaniyasi vakillari jamoa bosh murabbiyi Yurgen Kloppga ishonchni saqlab turishibdi.

"Liverpul" 7 martda Angliya chempionati doirasida "Fulxem" (0:1)ga imkoniyatni boy berdi. Jamoa klub rekordini o'rnatgan holda o'z uyida ketma-ket 6ta mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Shunga qaramay klub xo'jayinlari nemis mutaxassisiga ishonchni saqlab turibdi. Fenway Sports Group u inqirozni engib, "qizillar"ni yangi yutuqlarga etaklay olishiga shubha qilmayapti.

"Liverpul" Angliya chempionatida 28ta o'yindan so'ng 43 ochko egallagan holda jadvalda 8-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Times