“Liverpul” “Tottenxem” va “Chelsi” bilan tenglashdi

Eldor Akmurzayev
15 may 2022
Angliya kubogi finalida “Liverpul” penaltilar seriyasiga ko'ra “Chelsi”ni engib, o'z tarixida 8-marotaba ushbu musobaqa g'olib bo'ldi.

“Qizillar” titullar bo'yicha “aristokratlar” hamda ““Tottenxem” bilan tenglashdi. Ulardan oldinda esa MYU (12) va “Arsenal” (14) bor

Mersisaydliklar 16 yillik tanaffusdan so'ng, kubok sohibiga aylandi. Ular quyidagi mavsumlarda g'olib bo'lishgan:

1964/65, 1973/74, 1985/86, 1988/89, 1991/92, 2000/01, 2005/06, 2021/22.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia