"Liverpul" so'nggi 11 ta o'yinda 9 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi

Aziz Tukhtamuradov
28 apr 2022, 09:43
"Liverpul" mag'lubiyatsiz seriyasini 11 ta o'yinga etkazib oldi.

Yurgen Klopp jamoasi YCHL yarim finalida "Vilyarreal"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. 

Mersisaydliklar so'nggi marotaba 8 mart kuni "Inter"ga mag'lub bo'lgandi (0:1). O'shandan beri jamoa 9 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi. 

"Liverpul" keyingi o'yinni APL doirasida 30 aprel kuni "Nyukasl"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta