"Liverpul" sobiq hujumchisi 31 yoshida faoliyatini yakunladi

Alisher
22 iyun 2020, 16:13
"Jalgiris" hujumchisi David N'Gog 31 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Bu haqda Litva klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Fransiyalik futbolchi jamoaga yil boshida o'tgan edi va joriy mavsum davomida 2ta chempionat o'yinida maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

N'Gog "Pari Sen-Jermen" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoa sharafini 2006-2008 yillar davomida himoya qilgan.

Forvard 2008-2011 yillarda "Liverpul"dagi faoliyati bilan muxlislarga ko'proq tanilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fkzalgiris.lt