"Liverpul" "Real"ning ikki futbolchisi uchun Salohni berib yuborishga tayyor

Mirjalol Normatov
15 may 2018, 20:59
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "Liverpul" Muhammad Salohni "Real"ga berib yuborishga tayyor.

"Football Espana" ma'lumotiga qaraganda, buning uchun mersisaydliklar "Real" darvozaboni Keylor Navas hamda yarim himoyachi Dani Sebalosni talab qilmoqda. Qo'shimcha tarzda 100 mln evro so'ramoqda.

Oldinroq "Real" Saloh uchun 160 mln evro to'lashga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana