“Liverpul” “Real” futbolchisining agenti bilan muzokara o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
19 iyun 2022, 08:25
“Real”ning hujumkor o'yinchi Marko Asensio faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Mersisaydliklar Asensioning transferi bo'yicha uning agenti bilan uchrashgan. Ispaniyalikning o'zi esa faoliyatini muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan jamoada davom ettirishni istamoqda. Marko qaror qabul qilishga shoshilmayapti va bir necha oy oldin agenti Jorje Mendeshdan muqobil variantlarni topishni so'ragan.

Avvalroq, 26 yoshli yarim himoyachiga “Milan”, MYU, “Yuventus”, “Arsenal” va “Nyukasl” qiziqayotgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS