"Milan" Asensio bilan muzokaralar o'tkazmoqda

Mirjalol Normatov
4 iyul 2025, 01:13
"Milan" rahbariyati Marko Asensio bilan shartnoma imzolashga qiziqib qoldi.

"L’Equipe" ma'lumotiga ko'ra, Italiya klubi PSJ futbolchisi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. "Vilyarreal" ham ispaniyalik bilan shartnoma imzolashni istagan, biroq LaLiga klubining bu uchun imkoniyatlari etmagan.

Asensioga "Fenerbaxche" ham da'vogarlik qilmoqda. Turk klubi futbolchi uchun PSJga bonuslar bilan birgalikda 15 mln evro taklif qilgan, biroq Marko Turkiyaga borishni istamagan. Unga "Milan" varianti ko'proq maqul kelgan.

O'tgan bir yarim mavsumni Asensio APLda "Aston Villa"da o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe