"Liverpul" murabbiyi va futbolchisi APLda yanvar oyining eng yaxshisi bo'ldi. Bu Saloh emas

Narzulla Saydullayev
16 fev 2024, 17:49
APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi.

Yanvar oyidagi 3ta o'yinda portugaliyali futbolchi 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi. "Liverpul" o'tgan oy "Nyukasl", "Bornmut" va "Chelsi"ni mag'lub etdi. Mersisaydliklar 24ta o'yindan 54 ochko to'plab musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida borishmoqda.

Jota 2020 yildan buyon "Liverpul" safida o'ynab kelmoqda. Oldinroq futbolchi "Vulverxempton"da o'ynagan.

Bu mavsum APLning barcha oylardagi eng yaxshi futbolchilari:

Avgust - Jeyms Meddison (Tottenxem)
Sentyabr - Son Xyon Min (Tottenxem)
Oktyabr - Muhammad Saloh (Liverpul)
Noyabr - Xarri Maguayr (Manchester Yunayted)
Dekabr - Dominik Solanke (Bornmut)
Yanvar - Diogu Jota (Liverpul)



"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

2021 yil may oyidan buyon "Liverpul" ustozi oy murabbiyi bo'ldi. Klopp o'z faoliyatida 10-marta oy murabbiyi deb topildi va bu borada Devid Moyesge yetib oldi. Undan ko'proq oy murabbiyi bo'lganlar: Aleks Fergyusson - 27 marta, Arsen Venger - 15 marta, Xosep Gvardiola - 11 marta.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: premierleague.com