“Liverpul“ Angliya terma jamoasi himoyachisi borasida muzokaralarni boshladi

Khoja
27 iyun 2025, 10:56
“Liverpul“ yana bir futbolchi bo'yicha muzokaralarni boshladi.

“Qizillar“ “Kristal Pelas“ himoyachisi Mark Gexi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqishdi. Ma'lumotlarga qaraganda, “burgutlar“ futbolchining transferidan 70 million funt ishlab olmoqchi, biroq TEAMtalk nashrining ma'lum qilishicha, ushbu summa biroz kamayishi mumkin.

Futbolchining o'zi ham Angliyaning amaldagi chempionlari safiga o'tishga rozilik bergan.

Ma'lumot uchun, Gexi o'tgan mavsum 44 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 3 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. 24 yoshli markaziy himoyachining “Kristal Pelas“ bilan tuzgan shartnomasining yakunlanishiga yana ikki yil bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: TEAMtalk