"Liverpul" Adidas bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025, 19:20
"Liverpul" mashhur Adidas kompaniyasi bilan uzoq muddatli kelishuv tuzdi.

Bu haqda mersisaydliklar klubi rasmiy sayti xabar berdi.

"Qizillar" matbuot xizmatining xabar berishicha, tomonlar ko'p yillik shartnomaga imzo chekkan. 

"Liverpul" 1 avgustdan nemis sport kiyimlari brendi libosida maydonga tushadi. Bungacha tomonlar ikki marta – 1985 yildan 1996 yilgacha va 2006 yildan 2012 yilgacha hamkorlik qilgan.

Angliya Premer-ligasining 29-turidan keyin "Liverpul" ochkolari sonini 70 taga etkazib, turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. Arne Slot shogirdlari ikkinchi o'rindagi Londonning "Arsenal" jamoasidan 15 ochko oldinda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpool.com