"Liverpul" 20 aprel kuni APLda chempion bo'lishi mumkin?!

Alisher Ostonov
13 apr 2025, 22:02
"Liverpul" keyingi turdayoq Angliya chempioni bo'lishi mumkin.

Bugun Arne Slot jamoasi APL 32-turida "Vest Xem"ni mag'lub etdi (2:1). Mersisaydliklar 76 ochko bilan APLda peshqadamlik qilmoqda - bu turda "Brentford" (1:1) bilan durang o'ynagan "Arsenal" bilan oradagi farq 13 ochkoga etdi.

"Liverpul" 33-turda "Lester"ni mag'lub etsa, APL yakuniga 5 tur qolganda chempionlikni naqd qilib qo'yishi mumkin, faqat "Arsenal" "Ipsvich"ga yutqazishi kerak ham bo'ladi. Har ikkala o'yin ham kelasi yakshanba, aniqrog'i 20 aprel kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: espn.com