Lionel Messi: "Qatardagi Jahon chempionatida qatnashamanmi yoki yo'q, buni bilmayman"

Alisher
1 iyun 2019, 10:42
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Leo Messi 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishiga ishonchi komil emas.

- Bilmadim, Qatardagi mundialga bora olamanmi yoki yo'q, - deydi argentinalik futbolchi. - Hammasi xudoning qo'lida. Hozirda jismoniy holatim yaxshi, ammo men deyarli 32 yoshdaman. Bundan buyog'iga o'zimni qanday his qilaman, bunisi menga qorong'u. Hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Umid qilamanki, jiddiy jarohatlarga uchramayman.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: FOX Sports