Lionel Messi Ispaniya chempionatidagi dastlabki o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
16 sen 2020, 13:48
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 2020/21 yilgi mavsum 3ta tur o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi o'yinchini Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 o'yinlari uchun saralashning dastlabki o'yinlariga chaqirmoqchi.

Bunday holatda forvard "Barselona"ning 3 o'yinini o'tkazib yuboradi. COVID-19'ga qarshi kurash protokolida yangi davlatga kelgandan so'ng ikki haftalik karantin ko'zda tutiladi.

Agar Messi milliy terma jamoadan chaqiruv olsa, u holda Argentinaga saralash o'yinlari boshlanishidan ikki hafta oldin borishiga to'g'ri keladi. Shunday ekan hujumchi "Barselona"ning "Vilyarreal", "Selta" va "Sevilya"ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo