Lionel Messi Argentinada ketma-ket 4-marta eng yaxshi sportchi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
21 dek 2023
Lionel Messi Argentinada yilning eng yaxshi sportchisi bo'ldi.

"Inter Mayami" va Argentina futbol terma jamoasi hujumchisi "Oltin Olimpiya-2023" sovrinini qo'lga kiritdi. 

Messi erkaklar o'rtasidagi eng yaxshi sportchi sovrinini to'rtinchi marotaba qo'lga kiritdi. U shuningdek eng yaxshi futbolchi ham bo'ldi. 

Eng yaxshi ayol sportchi sovrini esa engil atletikachi Belen Kasetta bo'ldi. U to'siqlar osha 3000 metrga yugurish bahslarida Janubiy Amerika rekordini o'rnatgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: TyC Sports