"Lion" futbolchisi "Liverpul"ga yetib bordi

Mirjalol Normatov
3 iyun 2018, 11:11
"Lion"ning hujumkor yarim himoyachisi Nabil Fekir "Liverpul"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Canal+" jurnalisti Romen Kolle-Gauden televizordagi reportajida futbolchi o'z agenti bilan Liverpulga yetib borganini ma'lum qildi. Tomonlar bugun muzokara o'tkazishadi.

Futbolchining taxminiy transfer narxi 50 mln evro bo'lishi mumkin. U o'tgan mavsumda "Lion" tarkibida 40 o'yinda qatnashdi va 23 gol urib, 8 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Canal+