"Lion" 60 mln. evro evaziga Lyakazettni "Atletiko"ga sotishga tayyor

Aslanov Jasurbek
31 mar 2017, 18:19
"Lion" rahbariyati jamoaning eng yaxshi to'purari Aleksandr Lyukazettni "Atletiko"ga sotishga rozi bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "matraschilar" moliyaviy tomondan kelishuvga erishish uchun o'z vakillarini Fransiyaga jo'natdi.

"Atletiko" futbolchi uchun 40 mln. evrodan ko'p to'lamoqchi emas, ammo "Lion" Lyakazettdan kamida 60 mln. evro ishlab olmoqchi.

"Atletiko"dan tashqari hujumchiga "Manchester Siti" va "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli futbolchining "Lion" bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es