Liga 1’ga chiqqan yana bir jamoa nomi ma'lum bo'ldi

11 may 2019, 09:11
“Brest” jamoasi kelasi mavsumni Fransiyaning yuqori divizionida boshlaydi.

“Brest” Liga 2’ning 37-turida o'z uyida “Nor”ni qabul qilib, g'alaba qozondi. “Brest” musobaqa yakunlanishiga 1 tur qolganda 74 ochko jamg'arib, o'zining eng yaqin taqibchisi “Trua”ni 4 ochkoga ortda qoldirdi. Natijada klub Liga 1 yo'llanmasiga ega chiqdi. 

Avvalroq “Mec” jamoasi ham Fransiya yuqori divizioniga qaytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express