"Paxtakor" qiziqish bildirgan futbolchi "Mec"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2026, 14:03
Gruziyalik hujumchi Georgiy Kvilitaya "Paxtakor"ga o'tishi mumkin edi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"Uni klubga Shota Arveladze taklif qilgandi. Biroq futbolchi kecha Fransiyaning "Mec" klubi bilan shartnoma tuzdi", – deyiladi xabarda.

32 yoshli futbolchi 2025/26 yilgi mavsum Kiprning "Aris" jamoasida harakat qilib, 21 o'yinda 8 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uni 1 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia