Husanov "Lans" qaydnomasiga kiritilmadi, himoyachi Osiyo kubogida ishtirok etishi mumkin

Оқил Абдубарноев
11 apr 2024, 21:02
Fransiyaning "Lans" klubi 1-liganing 29-turidan o'rin olgan "Mec"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Ro'yxatdan o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov o'rin olmagan. 

Buning aniq sababi hozircha ma'lum emas. Ehtimol, 20 yoshli o'yinchi aprel oyida Qatar yashil maydonlarida o'tkaziladigan U-23 Osiyo kubogida qatnashishi mumkin.

"Lans" ishtirokidagi o'yin ertaga bo'lib o'tadi. U-23 Osiyo kubogi esa 15 apreldan 4 mayga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: rclens.fr