Liga 1. "Monako" 2:0 hisobidagi ustunlikdan foydalana olmadi hamda yana omadsizlikka uchradi

Eldor Akmurzayev
16 sen 2019, 02:00
Fransiya chempionatining 5-turida Monako uyda Marsel bilan o'ynadi va 3:4 natijasi bilan yutqazdi.

Garchand oq-qizillar 1-taymning o'rtalariga kelib, Vissam Ben Yedderning dubli evaziga 2:0 hisobida oldinga o'tib olgan bo'lsa ham yakunda mehmonlar g'alabani ilib ketishdi. Leonardo Jardim shogirdlari joriy mavsum hali birorta ham uchrashuvda zafar qucha olishmagan. Ular 2 ochko bilan chempionatning quyi pog'onalarida bormoqda. 

Andre Villash-Boash boshqaruvidagi Marsel esa ochkolari sonini 10taga etkazib, 4-o'ringa ko'tarildi. 

Monako – Marsel 3:4 (2:2, 1:2)

Lui II

Gollar: 1:0 – 17, penalti Ben-Yedder, 2:0 – 26 Ben-Yedder, 2:1 – 38 Benedetto, 2:2 – 41 Jermen, 2:3 – 61 Payet, 2:4 – 66 Benedetto, 3:4 – 75 Keyta Balde.

Monako – Lekomt, Maripan, Agilyar, Glik, Ballo-Ture, Bakayoko, Golovin (Keyta Balde, 69), Fabregas (Adrien Silva, 69), Jelson Martinsh, Ben-Yedder (Ogyusten, 56), Slimani.

Marsel – Mandanda, Sarr, Alvaro Gonsales, Kamara, Amavi, Payet, Sanson (Ronje, 79), Strotman, Lopes, Benedetto (Chaleta-Car, 90), Jermen (Radonich, 90).

Ogohlantirishlar: Kamara (15), Ballo-Ture (36), Agilyar (42), Alvaro Gonsales (62), Benedetto (90), Keyta Balde (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia