Levandovski Shalke bilan o'yinda Bundesliganing rekordini yangiladi va boshqa rekordni takrorladi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2020, 09:46
Bavariya hujumchisi Robert Levandovski Bundesliganing 1-turida Shalkega qarshi o'yinda (8:0) gol urdi.

Polshalik futbolchsi Shalkega qarshi so'nggi 10ta o'yinda gol urdi. Shu tariqa, Levandovski Bundesligada bitta jamoaga ketma-ket 10ta o'yinda gol ura olgan birinchi futbolchiga aylandi.

Bundan tashqari Levandovski Germaniya chempionatining turli 7ta mavsumning 1-turida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

U Shalke sobiq hujumchisi Klaus Fisherning rekordini takrorladi (7ta mavsum).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bundesliga.de