"Lester" italiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2024, 12:52
Futbolchi faoliyatini APLda davom ettiradi.

"Lester" "Atalanta" markaziy himoyachisi Kaleb Okoli bilan bitim tuzilganini rasman e'lon qildi.

22 yoshli italiyalik himoyachi bilan shartnoma 2029 yilning yozi o'rtalariga qadar mo'ljallangan, deya xabar berdi Angliya klubi matbuot xizmati.

Transfer summasi ma'lum emas, ammo OAV xabarlariga ko'ra, Okoli "Lester"ga 15 mln evroga tushgan.

Okoli 2023/2024 yilgi mavsumni ijara asosida A Seriya autsayderi "Frozinone"da o'tkazdi. U barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: lcfc.com