Lempard: "Mourinyoni hozir haydab yuborgan "Chelsi" nimaga erishadi?"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2015, 17:12
"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempard ko'klar bosh murabbiyi Joze Mourinyo borasida fikr bildirdi.

"Mourinyo futbolchilar bilan aloqani yo'qotdimi, yo'qmi, bilmayman. "Chelsi"da yaxshi futbolchilar etarlikcha, ammo ularning ko'pchiligi o'z imkoniyatidan past harakat qilyapti. "Chelsi" o'zining eng yomon holatida kuchli oltilikda bo'lishi kerak. Tezroq o'zgarish qilish kerak.

Jozening taqdirini hal qiluvchi yagona inson - Roman Abramovich. Menimcha, hozir uning boshi qotgan. Mourinyoning klubga qaytishi uzoq yillik loyiha edi. Jozeni hozir haydab yuborgan "Chelsi" nimaga erishadi? Endi kuchli to'rtlikka kirishning iloji yo'q. Ko'klar chempionatni tark etmaydi. Abramovich hozir sabr qilishi lozim" - deydi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports