Laporta Kuman nega ishdan bo'shatilmaganini Xaviga tushuntirib berdi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2021
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Al Sadd" ustozi Xavi bilan aloqalarni tikladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Laporta Xavi bilan bog'lanib, Ronald Kuman nega istefoga chiqarilmagani sababini tushuntirdi.

Aytishlaricha, "Barsa" rahbariyati ozgina sabr qilish va jarohatlangan futbolchilar safga qaytishini kutish lozim deb hisoblaydi. O'shanda Kuman boshchiligidagi jamoa yana sovrinlar uchun kurash olib boradi. 

Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" La Liga 8 turidan keyin 9-o'rinda borishmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Catalunya Radio