Lallana "Liverpul" bilan 4 yillik shartnoma imzolashi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2017, 16:41
"Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana o'z klubi bilan shartnoma uzaytirishi mumkin.

Amaldagi kelishuv 2019 yilning yozida yakunlanadi, ammo tomonlar uni qayta ko'rib chiqishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, Lallanaga maoshi oshirilgan 4 yillik bitim taklif qilinadi. Bugungi kunda Adamning haftalik maoshi 60 ming funt, yangi kelishuvda uning maoshi 150 ming funtgacha oshishi mumkin.

Lallana 2014 yilda "Sautgempton"dan Liverpul"ga o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun