Adam Lallana jarohat oldi

15 sen 2020, 09:40
Futbolchi “Brayton” safidagi debyut o'yinida safdan chiqdi.

“Brayton” yarim himoyachisi Adam Lallana APLning 1-turi doirasida “Chelsi”ga qarshi bahsning (1:3) birinchi bo'limida jarohat sabab zaxiraga olindi. Futbolchi o'yinni davom ettira olmasligini aytdi va uning o'rniga zaxiradan Aaron Konnoli maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Lallana “chaykalar” safiga erkin agent sifatida yozgi transferlar oynasi vaqtida kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia