LaLiga. "Real" yirik hisobda mag'lub bo'ldi, "Sevilya" futbolchisi esa to'purarlar ro'yxatida yetakchi

Aslanov Jasurbek
28 sen 2018, 14:59
25,26 va 27 sentyabr kunlari LaLiganing 6-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu 10ta o'yinlar orasida muxlislar intiqlik bilan kutib, zavq bilan tomosha qilgan bahslar ham bo'ldi.


Ularning biri "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida bo'lib o'tdi. LaLiganing 6-turida "Sevilya" "Real"ni qabul qildi. 41 ming kishiga tashrif buyurgan bahs mezbonlarning yirik g'alabasi (3:0) bilan yakunlandi. "Qizil-oqlar" "Qirollik klubi"ni qarshi hujumlarda jazoladi. "Sevilya" sardori Xesus Navasning tezligi jamoaning tezkor hujumlari amalga oshishiga imkon berdi. Ushbu bahsda dubl qayd etgan Andre Silva Ispaniya chempionati to'purarlar ro'yxatida birinchi o'ringa chiqib oldi. Bu Xulen Lopetegi qo'l ostidagi qo'l ostidagi "Real"ning birinchi yirik mag'lubiyati.


6-turning muhokamalarga sabab bo'lgan yana bir o'yini "Leganes" ishtirokida bo'ldi. "Barselona"ni qabul qilgan leganesliklar raqibni shoshirtirib qo'ya olishdi. Bahs odatdagidek Kataloniya klubining ustunligi bilan boshlandi. 12-daqiqada Koutino chiroyli zarba bilan hisobni ochdi. Uchrashuvning 52-daqiqasida hammasi o'zgarib ketdi. "Leganes"ning qarshi hujumi Nabil El-Jarning goli bilan yakunlandi. Bir daqiqa o'tar-o'tmas Pikening xatosi yana bitta golga sabab bo'ldi.


6-tur natijalari


Tur to'purari - Andre Silva (2ta gol, "Sevilya")

Tur sensaciyasi - "Leganes" - "Barselona" 2:1, "Sevilya" - "Real" 3:0

Turning eng qo'pol futbolchisi - Nikola Vukchevich ("Levante", 2ta sariq kartochka va chetlatish)


TO'PURARLAR


ASSISTENTLAR

Joni ("Alaves") - 4ta

Pablo Sarabia ("Sevilya") - 3ta

Maksi Gomes ("Selta") - 3ta

Lionel Messi ("Barselona") - 3ta

Antuan Grizmann ("Atletiko") - 3ta


Tur ramziy terma jamoasi (WhoScored)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia