

O'tgan mavsumda Ayaksning Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab mazkur chempionatga qiziquvchilar soni sezilarli ravishda ortgandi. Oldingi gal chempion nomiga so'nggi turda oydinlik kiritilgandi. Yangi mavsum ham bizga ko'p narsalarni vada qilmoqda. Zero, chempionat medallarining amaldagi sohiblari dastlabki turdanoq ochko yo'qotib ulgurishdi.
Ayaks birinchi turdayoq ochko yo'qotdi
Vitess o'z maydonida amaldagi chempionni qabul qildi. Mavsumlar oralig'ida Hakim Ziyosh, Dushan Tadich, Lasse Shyone, David Neres, Donni van de Beklarni saqlab qola olgan Ayaksning muvaffaqiyatini kutgandik. Shu kuni mehmonlar himoyasining markazida yangi tandem o'ynadi. Lisandro Martines (21 yosh) va Perr Sxyurs (20 yosh) tandemi uchrashuv mobaynida bir necha bor qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Jamoa himoya chizig'i judayam zaif ko'rindi. Mezbonlarning 2-goli muallifi Rishedli Bazur to'pni egallab olib, bemalol jarima maydonchasiga kirib kelib zarba bergunga qadar hech kim unga qarshilik qilolmadi. Ammo quvnoq hujum chizig'i ikktta to'p kiritib, durangni taminladi. Realga o'tishi tahmin qilinayotgan Doni van de Bek gol urishdan tashqari, Dushan Tadichning goliga hammualliflik qildi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Jamoa yetakchisi Deyli Blind esa tayanch zonasidagi faolligi bilan ajralib turdi.

PSV va Feynoord debyutantlarini mag'lub etolmadi
Tvente maydonida mehmon bo'lgan eydxovenliklar 1:1 hisobi bilan ortga qaytishdi. Dastlab, mezbonlar vakili Keito Nakamura qanotdagi reydidan so'ng, o'zining superzarbasi bilan hisobni ochdi. 2000 yilda tug'ilgan yaponiyalik futbolchi samuraylarning yangi yulduziga aylansa, ajab emas. Bizning 19 yoshli futbolchilarimiz uchun Superligamiz klublarining asosiy tarkibida joy topilmayotgan bir paytda havas qilsa, arzigulik natija. 65-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llagan Dyumfris Mark van Bommel jamoasiga bir ochko keltirdi. Umidli yaponiyalik futbolchi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Tvente" a'zosi Keito Nakamura
Yap Stam boshchiligidagi Feynoord esa o'z maydonida yana bir debyutant Rottyerdamning Sparta klubini qabul qildi. Qiziq tomoni shundaki, oson g'alaba qozonishi kutilgan mezbonlar 90+4-daqiqada Sem Larson kiritgan gol evaziga bazo'r bir ochkolik bo'lishdi xolos.

"Feyenoord" ustozi Yap Stam
Gollandiya chempionati
1-tur natijalari
Zvolle - Villem II 1:3
Vitess - Ayaks 2:2
Emmen - Groningen 0:1
Venlo - RKS Valveyk 3:1
Tvente - PSV 1:1
Xerakles - Xerenven 0:4
Feyenoord - Sparta 2:2
Ado Den Xaag - Utrext 2:4
AZ Alkmaar - Fortuna 4:0

To'purar: Vangelis Pavlidis (Villem II) - 2ta gol

Chempionat to'purari Vangelis Pavlidis
Gollandiya chempionati
2-tur juftliklari
9 avgust
Sparta - Venlo
10 avgust
Ayaks - Emmen
Groningen - Tvente
PSV - Ado Den Xaag
Villem II - Vitess
11 avgust
RKS Valveyk - AZ Alkmaar
Utrext - Zvolle
Fortuna - Xerakles
Xerenven - Feyenoord
Fahriddin Ro'ziev tayyorladi



